Shahodat Isaxonova tarixiy romanlarida xalq og‘zaki ijodi namunalarining qo‘llanilishi
Annotatsiya
O‘zbek adabiyoti maydonida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan yozuvchi Sh.Isaxonova qahramon xarakterini yaratishda uning hayotidagi eng muhim qirralarni tasvirlash va fe’l-atvori, xatti-harakatlariga xos xususiyatlar shakllanishining ildizlarini ochib ber-ish yo‘lidan boradi. Adibaning romanlarida epik tasvirdagi ana shu usulni makon, zamon va shaxs konsepsiyasi, xilma-xil hayotiy voqea-hodisalarni ishonarli tasvirlash, voqelikni turli rakurslarda aks ettirish imkoniyatlarini kuzatish mumkin. Sh.Isaxonova o‘z tаrixiy rоmаnlаridа аyоl shаxsi va uning xarakteri, ruhiyаtini оchib berishdа jоnli xаlq tili bоyliklаridаn hаm, аdаbiy til nоrmаlаridаn hаm keng fоydаlаnib, о‘z nаvbаtidа hаm jоnli tilning, hаm аdаbiy tilning о‘sishigа hissа qо‘shаdi. Adiba vоqeаlаrning mоhiyаti vа persоnаjlаrning xаrаkterigа qаrаb sо‘z vа ibоrаlаr tаnlаb, badiiy tilining ravon va o‘tkirligi jihatlaridan bugungi o‘zbek ro-manchiligiga munosib hissa qo‘shmoqda. Maqolada Sh.Isaxonovaning mustaqillik yillarida yaratgan “Chingizxon tuzog‘iga tushgan malika”, “Bibixonim”, “Gavhar-shod begim”, “Nodirai davron” tarixiy romanlarida ijtimoiy kelib chiqishi turli xil bo‘lgan ayollarning obraz xarakterlarini yaratishdagi uslubiy mahorat qir-ralari badiiy dalillar asosida berilgan.
Kalit so‘zlar
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Раxимов З.А. Одил Ёқубов тарихий романлари поэтикаси: филология фанлари доктори (DSc) диссертaцияси, – Фарғона, 2022. – Б.199.
Болтабоев H. Адабиёт энциклопедияси (Атамалар, истилоҳлар, сиймолар, асарлар ва нашрлар). II жилд: Б– Ё. – Тошкент: ”Mumtoz so ‘z”, 2017. –Б.17.
Yo‘ldoshev B., Qurbonov T. Badiiy asar tili va uslubi masalalari. – Samarqand, 2006.
Исахонова Шаҳодат. Гавҳаршод бегим. – Тошкент: Ma’rifat bitiklari, 2023. – 320 б.
Исахонова Шаҳодат. Султон Жалолиддин Мангуберди ёхуд Чингизхон тузоғига тушган малика. – Тошкент: Sano standart, 2018. – 480 b.
Исахонова Шаҳодат. Нодираи даврон ёхуд амирнинг тавқи лаънат тўни (тарихий роман). – Тошкент: Ma’rifat bitiklari, 2021. – 360 б.
Исахонова Шаҳодат. Бибихоним. Турон маликалари (тарихий роман). – Тошкент: “Ma’rifat bitiklari”, 2022. – 480 б.
Ҳусаинова З. (тузувчи). Топишмоқлар. Ўзбек халқ ижоди. Кўп томлик, 23-жилд. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1981.