“IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA JURNALI” elektron jurnaliga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarni IMRAD talabi bo‘yicha tayyorlash tavsiya etiladi.
1. Mualliflar tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar mavzusi “IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA JURNALI” elektron jurnali talabiga mos kelishi shart.
2. Maqolalar tuzilmasi asosan IMRAD talabi bo‘yicha bo‘lganligi bois Introduction (kirish), Methods (usullar), Results (natijalar) And (&) Discussion (muhokamalar) har bir bo‘lim ilmiy maqolaga asos bo‘ladi.
3. Mualliflar tomonidan yuborilgan maqolalar antiplagiat platformalarida tekshiriladi. (https://antiplag.uz/ va boshqalar). Antiplagiatni tekshirishda maqolaning o‘ziga xosligi kamida 70-80% ni ko‘rsatishi kerak.
 4. Maqola matni shrifti “Times New Roman”da, 12 kegelda bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1 intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning umumiy hajmi 10-15 betdan oshmasligi, minimal hajmi esa 5-6 betdan kam bo‘lmasligi (maqolaning nomi, maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot, abstract va kalit so‘zlar yozilgan sahifasidan tashqari) hamda foydalanilgan adabiyotlar soni kamida 7 ta va undan yuqori manbadan iborat bo‘lishi lozim.
5. Jadval, chizma yoki rasm nomlari ularning yuqori qismida yozilishi hamda ularning nomlanishi aniq ko‘rsatilishi lozim. Maqolada jadval, chizma va rasmlarning berilishi, maqola sifatini oshiruvchi manba bo‘lib xizmat qiladi.
6. Maqolalar o‘zbek, rus yoki  ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
7. Mualliflar ilmiy maqolasini elektron shaklda taqdim etish (Make a Submissions) bo‘limidan ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng yuboradi.
Har bir ilmiy maqola elektron  jurnal tahririyat a’zolarining xulosa va tajribali mutaxassislarning taqrizlaridan o‘tgandan so‘ng chop etishga qabul qilinadi. Taqrizchilar tomonidan aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun, muallifga 2 xafta muddat beriladi. Berilgan 2 xafta muddat davomida muallif maqolani taxririyatga qayta taqdim etmasa, maqolani ko‘rib chiqish jarayoni to‘xtatiladi. Ilmiy maqolalarni chop etish narxi bir maqola uchun 150.000 ming so‘m.
ILMIY MAQOLA QUYIDAGI BO‘LIMLARDAN IBORAT BO‘LADI
1. Maqolaning nomi, maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot (shahar, ish joyi, lavozimi, ORCID raqami va pochta) (o‘zbek, rus va  ingliz tilida).
2. Abstract (Abstract) (100-250 so‘z) (o‘zbek, rus va  ingliz tilida).
3. Kalit so‘zlar (Key words) (5-7 so‘z) (o‘zbek, rus va  ingliz tilida).
4. Kirish (Introduction)
5. Materiallar va usullar (Methods)
6. Natijalar (Results)
7. Natijalarni muhokama qilish (And (&) Discussion)
8. Xulosalar (Conclusion)
9. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References) (Vancouver [1]… formatida, shuningdek xalqaro va mahalliy elektron jurnallarda so‘nggi 5 yil ichida chop etilgan ilmiy nashrlardan foydalanish tavsiya etiladi).

Bizning manzil: O‘zbekiston, 171003, Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, Mehnat MFY, Do‘stlik ko‘chasi 45-uy.
Maqolalarni qabul qiluvchi mas’ul shaxs: +99890 981-02-55 (Mirzaev Sarvarbek)
E-mail: infojournal@uniep.uz

 

1. Maqolaning nomi (Title)
Ilmiy maqolalarda mavzu nomi imkon qadar qisqa va mazmunli ko‘rinishda shakllantirilgan bo‘ladi. Mavzuda maqolaning yo‘nalishi va mazmuni mohiyati aniq ifoda etishi kerak. Maqolaning nomida qisqartma so‘zlardan foydalanilmaydi. 
Maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot (Author information)
Ushbu qismda muallifning ismi, sharifi va otasining ismi, ish joyi va lavozimi (ilmiy darajasi va unvoni) elektron pochta manzili va uyali aloqa telefoni kiritiladi.
2. Annotatsiya (Abstract)
Nufuzli xalqaro etirof etilgan jurnallar singari, maqolaning annotatsiyasi 8-10 qator hamda 150-200 so‘zdan iborat bo‘lishi tavsiya etiladi, o‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi. 
Annotatsiyaning tuzilishi quyidagicha:
Tadqiqot muammosi, dolzarbligi, tadqiqot muammosini ochib berish uchun tadqiqotda o‘rganilgan usullar (methods), tadqiqotda erishilgan natijalar (results) va erishilgan natijalari (discussion) hamda maqola natijalaridan kelib chiqib xulosa (conclusion) qisqacha bayon etiladi.
3. Kalit so‘zlar (Key words)
Maqolani qisqa mazmuni va maqsadini ochib beruvchisi kalit so‘zlar hisoblanadi. Internet sahifalarida maqola oson topilishi uchun tayanch so‘zlarning har biri asosiy matn tarkibida o‘rtacha 4-8 marta takrorlanadigan so‘zlardan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
4. Kirish (Introduction)
Kirish bo‘limida asosan ilmiy tadqiqot muammosi, uning maqsad va vazifalari bayon etiladi. Mazkur ilmiy tadqiqot mavzusining asosi, uning dolzarbligi va ilmiy ahamiyatini tushuntirib beriladi.
5. Materiallar va usullar (Material and methods)
Materiallar va usullar tadqiqotning eng muhim qismlaridan biridir. Tadqiqotlar natijalarni olish uchun foydalanilgan metodologiyani tavsiflash (qo‘llash) tavsiya etiladi. Umumiy nazariya emas, balki maqolada qo‘llaniladigan maxsus usullar bayon etiladi. SHuningdek, ilmiy tajriba tadqiqotlaridagi tajriba sinovining batafsil tavsifi, foydalanilgan texnika va jihozlar, tadqiqot obhektlari ko‘rsatilishi kerak.
Eslatma: materiallar va usullar bo‘limining asosiy maqsadi shuki, siz olib borgan tadqiqotni takrorlash imkoniyatini tahminlash, shuning uchun ushbu bo‘limda eng to‘liq ma’lumotni taqdim etish kerak.
Nazariy tadqiqotlar uchun natijalarni olish hamda foydalanilgan metodologiyani tavsiflash tavsiya etiladi. Umumiy nazariya emas, balki maqolada qo‘llaniladigan mahsus usullar.
Eksperimental tadqiqotlar uchun eksperimentning batafsil tavsifi, foydalanilgan texnika va jihozlar, tadqiqot obhektlari ko‘rsatilishi kerak.
6. Natijalar (Results)
Natijalar bo‘limi tadqiqot metodologiyasida avvaldan belgilab olingan tahlil usullari (modellar va boshqalar) orqali yig‘ilgan ma’lumotlarning tahlilini amalga oshiradi. Bunda faqatgina tahlil usulining natijalari ifoda etiladi, topilgan natijalar bo‘yicha muhokama maqolaning keyingi qismining vazifasi hisoblanadi. SHuningdek, bu bo‘lim, odatda, yozishda qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bu yerda uning motivatsiyasini tahminlaydigan maqolaning yangiligi ochib beriladi.
Ushbu bo‘lim bo‘yicha umumiy tavsiyalar:
- xuddi kirish qismida bo‘lgani kabi, umumiy iboralarni ishlatishdan qochish kerak;
- natijalar bo‘limida maqola belgilangan maqsad va vazifalarga mos kelishi kerak;
- natijalar bo‘limida muallif kelgan xulosa, g‘oya, tushuncha yoki usulni aniq tasvirlab berish zarur.
Muhimi shuki, manbalardan foydalanishni kamaytirish, nazorat va natijalarga ehtibor qaratish kerak.
Ushbu bo‘limga qo‘yiladigan asosiy talablar - taqdimotning aniqligi va izchilligi hamda barcha natijalarning to‘liq ko‘rinishidir.
7. Natijalarni muhoka qilish (And (&) Discussion)
Halqaro jurnallarda ushbu bo‘lim uchun mutlaqo boshqacha talablar keltiriladi. Aynan shu bo‘lim bilan muallif maqsadga tadqiqot natijasini erishilganligi hamda natijalarning yangiligi, tadqiqotni fan va amaliyotda qo‘llanilishini tasdiqlaydi.
Natijalarni muhoka qilish bo‘limida nima yozilishi kerak:
- muallif qaysi faktlar (usullar) bilan ishlagan va qaysilari bilan esa yo‘q, shularni yozish kerak. Bunda, o‘zining metodikasiga ko‘ra xulosalarni tasdiqlash, faktlarni (metodikalarni) o‘zaro bir biri bilan solishtirish, bir xil, o‘xshash, turli tavsiflarni keltirish;
- tadqiqot yoki ilmiy soha qanday cheklovlarga duch kelgan yoki duch kelishi mumkinligi;
- ushbu mavzu bo‘yicha tadqiqotlarni rivojlantirish istiqbollari qanday;
- turli usullarni solishtirish (agar kerak bo‘lsa);
- tadqiqot natijalarini shu kabi tadqiqotlar bilan solishtirish.
SHunday qilib, ushbu bo‘limda natijalar tahlil qilinadi va tushuntiriladi. SHuningdek, tadqiqot jarayonida olingan natijalarning insoniyatga mahlum bo‘lgan bilimlar tarkibidagi o‘rni aniqlanadi.
Olingan natijalarni muhokama qilish tadqiqot natijalarini umumlashtirish va baholashni o‘z ichiga oladi. Maqolada olingan natijalarni boshqa mualliflarning tadqiqotlari natijalari bilan solishtirish kerak. Boshqa ilmiy tushunchalarni ko‘rib chiqib, olingan natijalarni qaysi o‘rindan tushuntirish mumkinligini aniqlang. Olingan natijalarning ishonchliligini baholashni va ularni boshqa olimlarning mavjud natijalari bilan taqqoslashni aks ettirish maqsadga muvofiqdir.
8. Xulosalar (Conclusion/Recommendations)
Natijalarni muhokama qilish bo‘limida tushuntirilgan natijalar tartibga solinadi va umumlashtiriladi. Xulosa maqolaning asosiy qismining qisqacha tavsifi bo‘lishi kerak.
Xulosalar bo‘limida tadqiqotning maqsad va vazifalari, shuningdek, tadqiqot savollariga javoblari o‘z aksini topgan bo‘lishi lozim. Tadqiqotning asosiy natijalari va tadqiqot jarayoniga umumiy xulosalar bilan birga takliflar ham berilishi lozim.
Xulosalar bo‘limining asosiy vazifasi tartibga solishdir.
Xulosalar bo‘limi tadqiqotning amaliy va ilmiy ahamiyatini, qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sohalarini ko‘rsatadi.
9. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References) (Vancouver [1]… formatida, shuningdek xalqaro va mahalliy elektron jurnallarda so‘nggi 5 yil ichida chop etilgan ilmiy nashrlardan foydalanish tavsiya etiladi).
Ushbu qismda tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro‘yxati [1], [2] yoki [3] ketma-ketligida qo‘yiladi:
- mualliflar ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili nashriyot nomi, yili, beti;
- mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni, beti.
- mualliflar ismi-sharifi, mavzu nomi, nashri, yili, veb-sayt nomi va havolasi.
Xalqaro va Respublika jurnallaridan olingan maqolalardan lavxalar Zotero, EndNote va Mendeley dasturi bo‘yicha yozilishi tavsiya etiladi.
Yakuniy xulosa
Tahririyat maqolani tahririyat ahzolariga taqrizga taqdim etishi va ushbu taqriz natijalari asosida maqolani chop etish masalasi bo‘yicha tegishli qarorga kelishi mumkin.
Maqolaning sarlavhasi va qisqacha mazmuniga alohida ehtibor bering, chunki kitobxonlarning katta qismi maqolaning sarlavhasiga qarab o‘zi taasurot shakllantiradi. Yuqori sifatli adabiyotlarni ko‘rib chiqing, qo‘llanilgan usullarni va olingan natijalarni batafsil tavsiflang. 
Bu yerda berilgan tavsiyalarni inobatga olishga harakat qiling, chunki bu bilan siz maqolani tahririyat tomonidan  tezda qabul qilish va chop etish ehtimolini sezilarli darajada oshirasiz.
ILMIY-IJODIY FAOLIYaTINGIZDA OMAD TILAYMIZ!
Eslatma: Keltirilgan talablardan tashqari, ba’zi maqolalar borasida nashriyot mutaxassisi qo‘shimcha ma’lumot so‘rashi mumkin.